Rasmiy! Qozog'istonda qayd etilgan zilzila kuchi Toshkentda sezildi

Hodisa mahalliy vaqt bilan soat 11:51da yuz berdi.

FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabariga ko'ra, Toshkent vaqti bilan soat 11:51da Qozog'istonda zilzila sodir bo'lgan.

Zilzila koordinatalari: 41,55 gradus shimoliy kenglik; 69,12 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=3,6. Chuqurlik 15 km. Zilzila epitsentri Toshkentdan 33 km shimoliy-g'arbda.

FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi zilzila O'zbekiston hududida sezilmaganini ma'lum qilgan.

Biroq, Toshkent aholisi yer silkinishi qayd etilganini sezgan, bu borada ijtimoiy tarmoqlarda xabarlar ham joylashtirildi.

Yangilikni do'stlaringizga ham yuboring:
Mavzuga aloqador yangiliklar