Qozog'istonda dollar sotmay qo'yishdi!

Qozog'iston markaziy banki shunday qarorga keldi. Tengeni qadrini oshirish maqsadida valyuta bozoridan dollar sotib olishni to'xtatib qo'yishdi… Iya, bunaqada teskarisi bo'lmaydimi? Odatda bozorda nima bo'lmasa, shuni qadri oshib ketadi. Yanayam bizning ongimiz bunga yetmaydi. Balki, qandaydir “o'zaro uzatmalar” bordir va yoki Xitoy bilan savdoni tengeda qilishga kelishib olgandir va yo yana bir nima. Qarab turaylikchi, tengeni obrusi oshib ketarmikan? Agar shunaqa bo'lsa, biz ham qo'llab ko'raveramiz. Bizdan nima ketdi, to'g'rimi?

Yangilikni do'stlaringizga ham yuboring: