Qobul aeroportida ayollar ishga qaytdi (fotoreportaj)

Afg'oniston poytaxti Qobulda joylashgan Hamid Karzay nomidagi xalqaro aeroportda ayollar yana ishga qaytdi.

Amerika qo'shinlari Afg'onistondan to'liq olib chiqilgandan so'ng, aeroport “Tolibon” harakati nazorati ostiga o'tdi, endi esa u asta-sekin normal ish jarayoniga qaytmoqda. Aeroport ma'muriyatiga ko'ra, 30 ga yaqin ayol turli bo'limlarda ish boshlagan. Yaqin kunlarda ularning soni 60 taga yetadi.

Aeroport direktori Mavlaviy Abdulhadi Hamadanning “Anadolu”ga ma'lum qilishicha, ayollar islom qonunlariga ko'ra ishlash huquqiga ega va aeroportning barcha sobiq xodimlari o'z lavozimlariga qaytgan.

       

Yangilikni do'stlaringizga ham yuboring:
Mavzuga aloqador yangiliklar