Qarshida ayol nogiron onasini kaltakladi (video)

Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyatida yashovchi fuqaro o'zining nogiron onasini urayotgani aks etgan video tarqaldi. Qashqadaryo viloyat IIB holat yuzasidan rasmiy ma'lumot berdi.

Unga ko'ra, Qarshi shahar, “Shayxali” mahallasi Bo'ztepa ko'chasi, 18-yotoqxona, 56-xonada yashovchi fuqaro X.O. onasi, 1- guruh nogironi M.A. bilan birga yashab keladi.

Joriy yilning 13 iyul kuni X.O. onasi, 1- guruh nogironi M.A. bilan birga O'zbekiston Respublikasi Kasaba uyushmalari federatsiyasi Qashqadaryo viloyati bo'limi binosi oldiga onasini hokimiyat vakillaridan pul undirish maqsadida olib kelgan.

X.O. onasi, 1- guruh nogironi M.A.ni yuqoridagi manzilda qoldirib o'z ishlari bilan ketib, qaytib kelgach, onasiga “nega hokimiyat vakillaridan pul so'ramading?!” deb tahqirlagan.

Ma'lum qilinishicha, X.O. va uning oilasiga 2020 yil yanvar oyidan 2021 yil iyul oyigacha oziq-ovqat va naqd pul shaklidagi 56 mln 500 ming so'm moddiy yordam berilgan.

Yangilikni do'stlaringizga ham yuboring: