Qabriston shahar

Filippinning poytaxti Manilada qariyb 11 million kishi istiqomat qiladi, ularning aksariyati uy-joy yetishmovchiligidan aziyat chekadi. Shu bois shaharning eng kambag'al aholisi yashash uchun to'g'ri kelgan joylarni tanlashga majbur bo'lishadi. Masalan, Maniladagi eng katta Shimoliy qabristonda hozirda 3000 dan ortiq tirik odamlar uzoq vaqtdan beri istiqomat qilib kelishmoqda. Qabristonda ko'ngildagidek hayot uchun zarur bo'lgan barcha narsalar: fast-fud yemakxonalari, basketbol o'ynash uchun zarur xalqalar, karaoke, restoranlar va hattoki internet-kafelar ham mavjud. Shu bilan birga, vafot etganlarni ushbu qabristonga dafn qilish ishlari hamon davom etmoqda, u yerga yiliga 80ga yaqin marhum qabul qilinadi.

Yangilikni do'stlaringizga ham yuboring: