Putin va Bayden o'rtasidagi navbatdagi muzokaraning asosiy mavzusi ma'lum qilindi

AQSh prezidenti Jo Bayden hamda Rossiya prezidenti Vladimir Putin o'rtasidagi bo'lajak muzokaralarning asosiy mavzusi Ukraina atrofidagi vaziyat bo'ladi.Uning so'zlariga ko'ra, Jo Bayden Vladimir Putinga Qo'shma Shtatlar Ukraina hududiy yaxlitligini so'zsiz talab qilishini va bu boradagi har qanday «Rossiyaning tajovuzkor qadamlari»ga qarshi turishini aytmoqchi.

Ma'lumot o'rnida, Rossiya prezidenti Vladimir Putin va AQSh prezidenti Jo Bayden 7 dekabr kuni onlayn uchrashuv o'tkazadi.

Ma'lum qilinishicha, davlat rahbarlari ikkita sammit o'tkazishni rejalashtirgan. Birinchisi 2021 yil oxirigacha onlayn tarzda o'tkazilsa, ikkinchi uchrashuv 2022 yilda oflayn shaklda bo'lishi aytilgan. Rossiya va AQSh prezidentlari o'rtasidagi muzokaraning kutilayotgan mavzusi Yevropa va Ukrainadagi vaziyat, shuningdek, avval erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish bo'ladi. «Vaziyat qaynash nuqtasiga yetadi, ammo keyin ikki tajribali rahbar til topishib, muammolarni hal qiladi», — degan siyosiy mutaxassis Drize.

Eslatib o'tamiz, Jenevada Putin va Bayden 16 iyunda ilk bor muzokara o'tkazgandi. Ularning suhbati taxminan uch yarim soat davom etgandi.

Avvalroq Bayden Putin va Si Szinpinning nimadan shubhalanishini ma'lum qilgandi.

Yangilikni do'stlaringizga ham yuboring:
Mavzuga aloqador yangiliklar