“Putin — o'g'ri” Rossiya…(foto)

Rossiya Dumasiga bo'lib o'tgan saylovlardagi qonunbuzilish holatlariga norozilik sifatida KPRF (Rossiya Federatsiyasi Kommunistik partiyasi) Moskva shahrida namoyishlar o'tkazishni rejalashtirgandi. Moskva shahri meriyasi esa ushbu namoyishlarga rozilik bermagan bo'lsa ham, kecha KPRF tarafdorlari “Adolatli saylovlar uchun” shiorlari ostida mitingga chiqishdi. Moskva shahridagi Pushkin maydonidagi stixiyali norozilik namoyishlarida rasmiylarning hisob-kitoblariga ko'ra, 400 ga yaqin kishi ishtirok etdi.

Kechga borib namoyishchilar tarqaldi. Ammo, Dumaga saylangan fraksiya rahbarlarining Putin bilan uchrashuvida KPRF rahbari Gennadiy Zyuganov saylovlardagi g'irromliklar to'g'risida bir og'iz ham gapirmadi.

Gennadiy Zyuganov

Pushkin maydonida yig'ilganlarning bir qismi “Putin — o'g'ri” deb baqirganicha Duma binosiga yo'l oldi, yana bir qismi esa “Siyosiy mahkumlarga ozodlik” deya hayqirib Kreml tomon harakatlandi. Politsiya 60 nafarga yaqin faollarni qo'lga olgani xabar qilinmoqda.

Yangilikni do'stlaringizga ham yuboring: