Prezidentni “tomi”da balo bormidi?!

Qo'shma Shtatlarda harbiy qiruvchi samolyot amerikalik rahbar Jo Bayden qarorgohi osmonida paydo bo'lgan fuqaro layneriga ogohlantiruvchi o'q uzdi. Bu haqda 18-may, seshanba kuni, deb yozadi The Sun.

Delaware Online ning yozishicha, Grumman AA — 5 Tiger kichik fuqarolik samolyoti taxminan 13:00 da  uyning yuqorisidagi uchish taqiqlangan zonani buzgan.

AQSh maxfiy xizmati harbiy samolyoti bosqinchiga qarshi o't ochdi. Samolyot Pensilvaniya shtatidagi Nyu-Garden aeroportiga yo'naltirildi.

“Standart protokolga binoan samolyot ushlanib, uchuvchi mahalliy aeroportga keltirildi”, – dedi vakili.

Bayden qarorgohi ustida paydo bo'lgan samalyotni tasodifan fotograf Emi Drago suratga olgan.

“Aynan shu payt men Baydenning shaharda ekanligini esladim va biz uchish taqiqlangan hududda ekanligimizni angladim”, dedi u.

 

Yangilikni do'stlaringizga ham yuboring: