Ona shahrim yiliga ikki martadan tug'averib abgor holga kelgan ayolga o'xshaydi – faqat dom tug'yapti bechora!..

Kunda ikki martalab chang artsang ham, tugamaydi. Derazangga to'r yopsang ham, uying qurt-qumursqaga to'ladi. Ertalab soat 7 dan derazang ortida taraq-turuq to soat 24 gacha. Militsiya chaqirib ovora bo'lma, baribir shu qurilish bitmaguncha tinchlik yo'q. Lekin bitmaydi, biri tugasa, keyingisi boshlanadi, naq uyingdan 20 metr narida. Hademay odamlar pod'yezdi eshigini ham navbat bilan kelishib ochishsa kerak, bir-biriga taqalib turganidan. Shaharsozlik standartlari – nima u?

Baribir uyqu yo'qligini bilib, ishga otlanasan, tiqilinchda qolmay yetvolaqolay ertaroq deb. Qayoqda? Erta chiqsang ham, kech chiqsang ham natija bir – yo'llardagi “probka”larni deb ishga kech qolasan. Jamoatchilik transporti,  – nima u? O'zi tor, tiqilinch yo'lda avtobusga balo bormi? Mashinalilar uchun-ku faqat shahar.

Dam olish kuni dam olaman deb parkka borsang, yo attraksionlar shovqiniga to'la yo kirish ham pullik park bo'ladi – Toshkentda tekin toza havo – nima u?

Shunday paytda ona shahrim yiliga ikki martadan tug'averib abgor holga kelgan ayolga o'xshaydi – faqat dom tug'yapti bechora. Yoshligi, yashilligi ketyapti.

Bu qachon tugaydi? Reja, genplan degan narsalar bormi. ko'raylik?

@shahnozxon

Yangilikni do'stlaringizga ham yuboring: