“Omikron” tezlik bilan ko'plab davlatlarga kirib bormoqda

Bir kun ichida ushbu shtamm Ispaniya, Avstriya, Yaponiyaga hamda Fransiyaning xorijiy hududi bo'lgan Reyunon oroliga yetib borgan.

«Omikron» bilan kasallanish holatlari avvalroq Avstraliya, Belgiya, Botsvana, Kanada, Chexiya, Daniya, Germaniya, Gonkong, Isroil, Italiya, Niderlandiya, Portugaliya, Janubiy Afrika, Shvetsiya, Buyuk Britaniyada aniqlangan edi.

Koronavirusning ko'p sonli mutatsiyaga ega yangi «omikron» (B.1.1.529) shtammi birinchi marta noyabr oyida Janubiy Afrikada topilgandi.

Jahon  sog'liqni saqlash tashkiloti ma'lumotlariga ko'ra, B.1.1.529 virusi organizmdagi protein tarkibiga ta'sir ko'rsatishi mumkin.

Amaldagi vaksinalar esa bu kabi o'zgarishlarga yetarlicha samarador bo'lmasligi aytilmoqda. Shuningdek, JSSTda mavjud dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, ilgari koronavirusni boshdan o'tkazgan kishilarda «omikron» bilan qayta kasallanish xavfi yuqori bo'lishi mumkin.

Ma'lumot uchun, Osiyo mamlakatlaridan Qozog'iston «omikron» shtammi sabab 3 dekabrdan Afrikaning bir nechta mamlakati va Gonkongdan keladigan fuqarolarning mamlakatga kirishini cheklamoqda. Isroil ushbu shtammning tarqalishining oldini olish maqsadida dunyoda birinchi bo'lib chet el fuqarolari uchun o'z chegaralarini yopib qo'ygan edi.

Yangilikni do'stlaringizga ham yuboring:
Mavzuga aloqador yangiliklar