Olimlar Yerda hech qanday hayot bo'lmagan joyni topdi

Olimlarning fikriga ko'ra, Antarktidadagi Shaklton muzligi yonidagi quruq sahro eng bo'sh joy —u yerda hech qanday hayot mavjud emas. Bu haqda “Science News” nashri xabar bergan.

Biologiya fanlari doktori Noy Firer boshchiligidagi mikrobiologlar Yer yuzidagi ushbu hududda hech qanday hayot yo'qligini aniqlagan.

Ta'kidlanishicha, u yerda chidamliligi bilan mashhur bo'lgan mikroorganizmlarning ham joylashishiga to'sqinlik qiladigan uchta omil topilgan. Bularga kuchli sovuq, sho'r havo va quruqlik kirgan.

Mutaxassislarning fikriga ko'ra, ushbu birlashtirilgan omillar bunday sharoitda hayot paydo bo'lishi imkoniyatini cheklaydi.

Tadqiqotchilar muzlikdan tuproqning 200 xil namunasini olgan. Tahlil natijalariga ko'ra, mikroorganizmlar mavjudligi aniqlanmagan.

“Biz steril tuproq topdik, deb da'vo qilmaymiz. Ammo u yerda mikroorganizmlar mavjudligini topa olmadik, bu ularning faolligiga chegara qo'yilishidan dalolat beradi”, deb ta'kidlagan ushbu tadqiqot muallifi.

Yangilikni do'stlaringizga ham yuboring: