Og'izdan yomon hid kelishi sabablari

Og'izdan badbo'y hid chiqishi galitoz deyiladi. Galitoz sababi og'izdagi zararli bakteriyalardir. Ular nafaqat og'iz bo'shlig'ida, balki tomoq, buyrak, jigar va burun ichida ham to'planishi mumkin. Quyidagi sabablar:

• og'izdan chiqadigan nordon hid ovqat hazm qilish bilan bog'liq kasalliklardan darak beradi;

• buyrak kasalligi tufayli og'izdan chiqadigan hid ammiaknikiga o'xshaydi;

• stress tufayli ham oshqozonda buzilishlar kuzatiladi va bu og'izdan badbo'y hid kelishiga olib keladi;

• og'izdan keladigan aseton hidi qandli diabet, tireotoksikoz (qalqonsimon bez kasalligi), jigar va buyrak kasalliklari, pankreatit yoki yuqumli kasalliklar.

Yangilikni do'stlaringizga ham yuboring: