Odamlarni ko'mishga qabriston yetishmayapdi!..

Indoneziyada ahvol og'ir. Koviddan odam ko'p o'layapti. Ularni tuproqqa qo'yish uchun odam ham, qabriston ham yetishmayapti. Mamlakatda delta – hindcha shtamm tarqalgan. Indoneziya dunyoning eng yirik musulmon davlati bo'ladi.

Kovidning delta turi sabab Indoneziya kasallik tarqalishi bo'yicha Hindiston va Braziliyani ortda qoldirdi.

Bir kun oldin 2000 mingdan ortiq o'lim kuzatildi va kunlik rekord qayd qilindi.

Kasallik yuqtirish ko'rsatkichlari ham ko'tarildi.

Bu mamlakatda ayrim karantin choralari yumshatilishidan bir kun o'tib sodir bo'lgan.

O't o'chiruvchilar va politsiya xodimlari uyda o'layotganlarning jasadlarini dafn qilishga jalb qilindi.

“Sizga uy ichidagi jarayonni ko'rsatolmaymiz. Bu qurbon va uning yaqinlariga hurmatsizlik bo'ladi. Ayni damda jamoa jasadni tayyorlamoqda. Uni kafanga o'rashmoqda. Ko'p hollarda xavfsizlik nuqtai nazaridan mayitning kiyimlarini yechib olishadi. Keyin tobutga joylashadi. Hatto uning dinidan kelib chiqib janoza ham o'qishadi”, – deydi Indoneziyada bo'lgan Bi-bi-si muxbiri Valdya Baraputri.

Bu uyda virus bir haftada ikki kishini olib ketdi va butun oilaga yuqdi.

“Buvisi shifoxonada olamdan o'tdi. O'sha kuni test buvasida ham kasallik borligini ko'rsatdi. Ular shifoxonaga borishmagan, chunki uydagilarning hammasi Kovid yuqtirgandi. Shu sabab uyda qolib davolanishga harakat qilishgan”, – deydi politsiya xodimi Nur Yasin.

Koronavirusning o'ta tez yuquvchi delta turi bu yerda kasallar soni keskin ortishini anglatadi.

Mayitlarni tuproqqa qo'yish bilan shug'ullanuvchi jamolar har kuni 2 yoki 3 jasadni dafn qilishga tayyorlashgan.

Endi bo'lsa ularga kuniga 50 dan ortiq qo'ng'iroq bo'lmoqda. Ammo faqat o'ndan ortig'iga yordam bera olishyapti.

Ularning aytishicha, iyun boshidan beri mamlakat bo'ylab 2700 inson uyida vafot etgan.

Davlat rahbari Joko Vidoda Indoneziyaning aholisi eng zich joylashgan Yava va Bali orollarida qisman karantin choralarini uzaytirdi.

Ammo odamlarga oshxonalar tashqarisi va yemak rastalarida ko'pi bilan 20 daqiqa ovqatlanishga ruxsat berildi.

Indoneziya prezidenti

“Ko'rsatkichlar Kovid-19ni nazoratga olish yaxshilanayotganidan darak bermoqda. Kasallar soni, shifoxonadagi yotoqlarning to'lishi hamda pozitiv test natijalari Yavadagi bir necha viloyatlarda ortga chekinayotgani kuzatilmoqda”, – deydi prezident.

Ushbu bayonotdan ikki kun oldin Indoneziyada 1500 dan ortiq odam o'lib, kunlik rekord qayd qilindi.

Hukumat Jakartaning o'zida kovid qurbonlari uchun kamida 7 ta qabriston tayyorladi. Mana bunisi tezda to'lib qoldi.

“Mening ortimdagi ekskavator yangi qabrlar qazimoqda, ikkinchi ekskavator esa jasadlarni ko'mmoqda. Ikkalasi ham bir vaqtda ishlamoqda. Jasadlarni tashiyotgan Tez yordam mashinalari ketma-ket kelmoqda. Bu yerdagi ishchilar bir kunda 200 dan ortiq jasadni ko'mishi mumkin”, – deydi sathda bo'lgan muxbirimiz.

Indoneziyada dafn

SURAT MANBASI,GETTY IMAGES

Indoneziyadagi qabristonlar

Indoneziyada yangi kovid yuqtirish hollari bo'yicha dunyodagi eng yuqori ko'rsatkich qayd qilingani xabar qilindi.

Emlash darajasi past, test qilish chegaralangan va kovidning delta turini yuqtirish keskin ortib bormoqda.

Bularning hammasi mayitlarni tuproqqa qo'yuvchilarning kunu tun ishlashda davom etishlarini anglatadi.

Yangilikni do'stlaringizga ham yuboring: