Nukus Davlat pedagogika instituti talabasi is gazidan vafot etdi

24 noyabr kuni soat 07:00 larda Nukus shahrida ijarada yashovchi, Nukus Davlat pedagogika institutining talabasi R.R. xonadonda o'rnatilgan isitish qozoni otashxonasidan sizib chiqqan is gazidan zaharlanib vafot etganligi aniqlandi. Bu haqda Qoraqalpog'iston Respublikasi prokuraturasi xabar berdi.

Mazkur holat yuzasidan marhumga nisbatan sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.

Holat yuzasidan Nukus shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda. Tekshirish harakatlari Qoraqalpog'iston Respublikasi prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.

Yangilikni do'stlaringizga ham yuboring: