Nima qilib bo'lsa ham Rossiyani urushga tiqishmoqchi!..

Ukraina hukumati tomonidan ukrainalik siyosatchi Viktor Medvedchukka qarshi jinoiy ish qo'zg'atilishi AQShning Yevropada Rossiya ishtirokidagi yirik urushni boshlash rejasining bir qismidir. 17-may, dushanba kuni oppozitsiya platformasi – “Hayot uchun”  partiyasidan Oliy Rada deputati Renat Kuzmin bu haqda Facebookda ma'lum qildi.

Oppozitsiya yetakchisi uy qamog'iga olingan

Kuzminning so'zlariga ko'ra, Medvedchuk Ukrainada tinchlik uchun izchil kurash olib bormoqda, ammo bu rasmiy Kiyevning pozitsiyasiga to'g'ri kelmaydi.

“G'arbiy kuratorlar yoki “chet el ustalari” manfaatlaridan kelib chiqib, Ukraina hukumati Ukrainani urushga olib bormoqda. Rossiyaga qarshit urushga.  Va bunga butun Yevropani jalb qilishga urinmoqda. Va Yevropadan harbiy yordam, qurol-yarog' , bombalar, snaryadlar, qarzlar undirtirib, Ukrainani tilanchilik davlatga aylantirib, Yevropa va AQSh oldida mute qilib qo'yishmoqchi “, dedi deputat.

Parlament a'zosi ta'kidlaganidek, Rossiya va ingliz-amerikalik ittifoqchilar o'rtasidagi geosiyosiy qarama-qarshilikda Ukrainaga provokator roli berilib, u Rossiya Federatsiyasini urush boshlashga majbur qilishi kerak. Shu bilan birga, G'arbning o'zi Rossiyaga qarshi kurashmaydi: bu rol xuddi shu Ukrainaga yuklangan. Kuzmin ta'kidlashicha, Yevropa ushbu qarama-qarshilikka muqarrar ravishda jalb qilinadi va faqatgina AQSh va Buyuk Britaniya g'alaba qozonadi.

 

Yangilikni do'stlaringizga ham yuboring: