Nega bunday bo'ldi? Eron Tolibon o'rtasidagi qonli to'qnashuv(video)

Bugun Nimroz provinsiyasidan uzoq bo'lmagan Shagalak tumanida Eron davlat chegarasini qo'riqlayotgan harbiylar va tolibonlar o'rtasida tushunmovchilik ortidan nizo kelib chiqqan.
Ma'lum qilinishicha, so'nggi yillarda Eron Afg'oniston bilan chegarasi yaqinida devor qilishni boshlagan. Bundan ko'zlangan maqsad qo'shnilardan kirib kelishi mumkin bo'lgan kontrabanda, jinoyatchilarni to'xtatish bo'lgan. O'rtadagi devor sababli bo'lgan tushunmovchilik tolibonni eronlik harbiylarga qarshi qurol ishlatishiga olib kelgan. Ikki o'rtada otishma yuzaga kelgan.Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan foto va videolar nizo kelib chiqqan dastlabki daqiqalarda olingan. Hozirgi vaqtda vaziyat to'liq ikki davlat rasmiylari tomonidan nazoratga olingan va bartaraf etilgan.

 

Yangilikni do'stlaringizga ham yuboring:
Mavzuga aloqador yangiliklar