Nahotki, arablar Dubay ko'chalarida aroq ichib, mast bo'lib, dumalab yotishsa…

Biz kunning avvalida, BAA, spirtli ichimliklar iste'moliga qonunan ruxsat berganligini yozgan edik. Shundan beri, muxlislardan uzluksiz fikrnomalar kelib turibdi. “Tasavvurimga sig'dirolmayapman! Nahotki, arablar boyishning xarom yo'liga o'tishgan bo'lishsa”, deb yozgan bo'lsa, muxlislardan biri, “Burji xalifani tagida cho'zilib yotgan uzun, oppoq kuylakli arab, teginma teginma menga, deb boshini qashilab qo'yayotganini ko'z oldingizga keltiring”, deb ikkinchi o'quvchimiz yozibdi, uchinchi kishi  “Bekatda, mast. Arab. “Men kerak bo'lsa hammangni sotib olaman. Hammangni”, deya hazil qilibdi. “Bittasining uyida janjal, yana ichib keldingizmi? Yana-ya. Boring uchinchi xotiningiznikida, tovba qildim, kechayam ichgandingiz, oldingi kuniyam, shuncha xotinlaringiz, joriyalaringiz bo'la turib menikiga kelibsiz. Aybim sizga xotin bo'lganimmi?! Bu alkashni dastidan o'lar bo'lsam o'lib bo'ldim!” deya qiyomat qilayapdi, deb yozadi, yana bitta o'quvchimiz…

Ha, haqiyqatdan ham juda xunuk bo'libdi. Agar ushbu xabarni “RIA Novosti”, tarqatmaganida ishonmasdik!

Yangilikni do'stlaringizga ham yuboring: