Mukammal jinoyat…

Mazkur voqea XIX asrda Londonda sodir bo'lgan.  Jamiyatning hurmatli a'zosi Xovard Grin kundalik yurita boshlagan, unda u butun qalbi bilan nafratlanadigan rafiqasini o'ldirishning 14 usulini ko'rsatib o'tgan. Har bir usulni jarrohlardek aniqlik bilan ishlab chiqan, biroq ularning barchasi jinoyatning ochilishiga olib kelgan. Bir kuni uning rafiqasi kundalikni topib olib, eridan g'azablangan va uni qaychi bilan o'ldirgan. Sud esa  beva ayolning tarafini olgan va uning harakatlarini o'zini himoya qilish deb hisoblagan. Xo'sh,mukammal o'ylangan jinoyat nima? Qotillikdan 100 yil o'tgach, mutaxassislar kundalikdagi qo'l yozuvi Xovardga tegishli emasligini aniqlashgan. Kundalik mukammal jinoyat tashkilotchisi — o'sha ayolning jazmani tomonidan yozilgan edi.

Yangilikni do'stlaringizga ham yuboring: