Maykl Jordanning o'g'li hibsga olindi

Amerikalik basketbolchi Maykl Jordanning o'g'li Jeffri AQShning Arizona shtatida kasalxona xodimlariga hujum qilgani uchun hibsga olindi. Bu haqda  RIA Novosti ABC15 telekanaliga tayanib xabar bermoqda.

Telekanal ma'lumotlariga ko'ra, sobiq basketbolchi Jeffri Jordan sirg'alib ketib, boshi bilan Casa Amigos klubidagi stolga urilgan va u kasalxonaga yotqizilgan.  32 yoshli Jordan shifoxonada davolanayotganda, u kasalxona xodimlaridan biriga hujum qilgan.

Shundan so'ng, mashhur basketbolchining o'g'li zo'ravonlik ayblovi bilan ushlanib, shahar qamoqxonasiga jo'natilgan, va bir soatga yaqin vaqt o'tgach qo'yib yuborilgan.

Yangilikni do'stlaringizga ham yuboring: