Makron qanchalik chiranmasin, musulmonlar soni oshib borayapdi!

Makron qanchalik ko'p islomni yomonlasa, fransuzlar shunchalik islomga yaqinlashib borishmoqda. Makronni fikricha hamma narsani va har kimni tanqid qilish, ustidan kulish mumkin, odam faqat o'z o'zi bilan yashashi kerak, erkin bo'lishi kerak, degani sayin aqlli odamlar undan yuz o'girmoqda. Yo'q, bunaqasi ketmaydi. Odam hayvon esa, uning muqaddas narsalari bor, ularni aslo kalaka qilib bulmaydi. Makronni o'zi insoniylik martabasidan allaqachon chiqib ketgan bo'lsa, (o'n besh yoshida, o'qituvchisi bilan birga hayvoniy ishlarga qo'l urgan va oqibat unga uylangan, shuning o'ziyoq uni prezident bo'lishga noloyiqligini ko'rsatadi), buning aqlli fransuzlarga, fransiyaliklarga umuman dahli yo'q. Butun dunyoga rahmat bo'lib kelgan payg'ambarga biz ham iymon keldirdik, deyishayapdi ular. Ayniqsa shunday fikrdagi yoshlar juda ko'p. Bir paytlar fransuzlar Suriya yerlarini kun paya kun qilishgandi. Ammo o'shanda hech kim fransuzlarni terrorchilar deyshmagandi-ku. Vaholanki, ular birovlarning yerlariga bostirib kirishgandi… Bunda ham hamma frasuzlarni ayblab bo'lmaydi. O'shanda urushga kimlar borgan edilar, yaxshilab surishtirsangiz hammasi yollanma jangchilar, pul uchun hatto oilasidan ham voz kechuvchilar bo'lib chiqadi. Lekin nomi… Shundoq ekan, Makron qanchalik chiranmasin, baribir uning aytgani bo'lmaydi.

Yangilikni do'stlaringizga ham yuboring: