Kosmosga sayyohat qilish narxi qancha?

“Soyuz” kosmik kemasida sayyohlik parvozining narxi taxminan 50 million dollarni tashkil etadi. Bu haqda Space Adventures’ning Rossiyadagi ofisi rahbari Sergey Kostenko ma'lum qildi.

“Narx boshqa joylardagidek, plyus yoki minisu bilan taxminan 50 million dollarni tashkil qiladi”, – dedi u.

Kostenkoning ta'kidlashicha, Ilon Maskning sayyohlar bilan Crew Dragon kosmik korablida kosmosga ko'tarilgani “Soyuz”dagi parvoz narxiga ta'sir qilmagan.

Ma'lumot o'rnida, bugungi kunga qadar sakkizta kosmik sayyoh “Soyuz” kosmik kemasida kosmosga uchdi, ulardan biri ikki marta. Birdaniga ikki sayyohning navbatdagi parvozi dekabrga rejalashtirilgan.

Yangilikni do'stlaringizga ham yuboring: