Korrupsiyanerlar o'zimizniki, ularni birovga berib qo'ymaymiz. Kerak bo'lsa, o'zlari korrupyaner topib olishsin. Xaymi?!!

Lekin buning ortidan foydalanib qolish kerak. Tezde Ginnisning “odamlari”ni chaqiraylik, ular kitoblariga shunday ildirib qo'yishsa, biz qoplab pul olamiz. Har nada, bir tomchi bo'lsayam tomadiku, o'z o'zidan keladigan pul. Bunaqa hisobda yo'q narsalarni korrupsiyanerlarimiz juda yaxshi ko'rishadi. Ha, ular o'zimizni korrupsiyanerlar boshqa birovniki emas, kerak bo'lsa shu “azizlarimiz”ni birovlarga berib qo'ymaymiz. Kerak bo'lsa o'zlari korrupsiyanerlar topib olishsin. Tovba indamasang, bizni “o'margich”garimizni o'marib ketishadi. O'zi o'lay, o'lay deb shu korrupsiyanerlarga yetishib olgandik… Ovvora bo'lishmasin baribir bermaymiz. Xullas, kalom gap bunday. Qozog'iston bilan Qirg'izistonda go'sht mol, qo'y, echki tortilib qolibdi. Shunga bizga bermaslikka qaror qilishibdi. O'zimizniki esa o'zimizga yetmaydi. Shundoq ekan, go'shtning narxi osmonga ko'tarilib ketishi mumkin. Demak, rekord o'rnatiladi. Demak, uni rekordlar kitobiga kiritish mumkin. Demak, ulardan pul olishimiz… To'g'rirog'i olishlari  mumkin, o'sha korrupsiyanerjonlarimiz… Biz vegetarian bo'lamiz. Qaytanga sog'liqqa foyda. Go'sht umrni qisqartiradi, men sizga aytsam, shundoq ekan, kartoshka piyoz, ko'kat… Shoshma, ko'p yesak ularning ham narxlari oshib ketsachi…

Yangilikni do'stlaringizga ham yuboring: