Koronavirus: 406 kishi kasallikka chalinib, 5 bemor vafot etdi

2021 yil 27 sentyabr holatiga ko'ra, O'zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 172899 nafarni tashkil etmoqda. So'nggi sutkada 406 kishida kasallik aniqlandi, 5 nafar bemor vafot etdi.

Yangi kasallanish holatlarining:

9 nafari Qoraqalpog'iston Respublikasida,
16 nafari Andijon viloyatida,
8 nafari Buxoro viloyatida,
7 nafari Jizzax viloyatida,
4 nafari Qashqadaryo viloyatida,
5 nafari Navoiy viloyatida,
12 nafari Namangan viloyatida,
33 nafari Samarqand viloyatida,
11 nafari Sirdaryo viloyatida,
5 nafari Surxondaryo viloyatida,
28 nafari Farg'ona viloyatida,
13 nafari Xorazm viloyatida,
89 nafari Toshkent viloyatida,
166 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo'lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Yangilikni do'stlaringizga ham yuboring: