Kasal yo'q!..

Aytishga odam qo'rqadi. Chunki yurak oldirib qo'yganmiz. Nimani sal maqtavorsak shunga darrov ko'z tegib qolayapdi. Shuning uchun pichirlab birovga eshittirmasdan aytayapman… Mana uch yildirki, uzumlarga g'alati kasallik tegar edi. Aynan shoxlari o'sib, barglari kattarib, mevasi gullagan palla tegardi, bu yaramas kasallik… Qishloqlarda emas, shaharda. Toshketda. Bu yil o'sha narsa yo'q. Bo'lmasin ham… Ammo hozirdan aytabi qo'yayin. Parketdagi bog'bonlarga Xudo insof bersin. Uzumlarini bu darajada dorilab tashlashmasin… Ha, “Rizamat ota”ning xaridori ko'p edi. Dorilanmaganiga. O'tgan yilgisini esa yeb bo'lmadi. Shunday chiroyliki, ko'zingni oladi. Biroq ikki donasini yesang, tamom, qorningni mazzasi qochadi!.. Bu ahvolda bor mijozlaringdan ham ayrilasilar. Bunisi aniq.

Yangilikni do'stlaringizga ham yuboring: