Karantin boshidan beri 1 mlndan ortiq niqob taqmaslik holatlari aniqlangan

O'zbekiston bo'ylab 25 iyul holatiga ko'ra, karantin qoidalariga amal qilmaslik bo'yicha 1 mln 184 ming 377 ta holat aniqlangan.

Eng ko'p qoidabuzarliklar Toshkent viloyati (219 095), Toshkent shahri (176 354), Farg'ona (167 016) va Samarqand viloyatlarida (113 866) qayd etilgan. Sirdaryo viloyatida — 53 654 ta, Jizzaxda — 39 886, Navoiyda — 23 479 ta, Buxoroda — 44 031 ta, Andijonda — 57 628 ta, Namanganda — 83 710 ta, Qashqadaryoda — 86 213 ta, Surxondaryoda — 60 208, Xorazmda — 31 178 ta va Qoraqalpog'iston Respublikasida — 31 846 ta holat aniqlangan.

Qoidabuzarliklar bo'yicha 1 mln 8 ming 229 kishi jarimaga tortilgan. Eng ko'p ko'rsatkichlar Toshkent viloyati (218 216), Toshkent shahri (171 978), Samarqand viloyati (96 233) va Farg'ona viloyatlarida (83 219) qayd etilgan.

Yangilikni do'stlaringizga ham yuboring: