Joshuani yenggan Usik Ilon Maskka sovg'a jo'natdi

Superog'ir vazn toifasida yangi jahon chempioni Aleksandr Usik milliarder Ilon Maskka sovg'a jo'natdi.

Ukrainalik bokschi kecha, 26 sentyabr kuni Entoni Joshuaga qarshi kechgan jangdan keyin o'zining “NFT-token” hamda ringga chiqib kelishda kiygan “JAXET” kostyumini Ilon Maskka sovg'a qilgan.

“Meni qo'llab-quvvatlab turganingiz uchun rahmat! Ilon Maskka cheksiz hurmatimni izhor qilib, rahmat aytish uchun ajoyib imkoniyat bo'ldi. Men unga shaxsiy “NFT–token”im va maxsus tayyorlangan “JAXET” kostyumimni sovg'a qilaman. Ilon, seni chempion chorlamoqda”, deya Twitter sahifasida xabar qoldirgan Usik.

E'tiborli jihati, Joshua kechagi jangda Usikka qaraganda ko'proq zarba yo'llagan – 641-529. Lekin aniq zarbalar soni ukrainalikda ko'proq bo'ldi – 123-148!

Yangilikni do'stlaringizga ham yuboring: