Janubiy Koreya KXDR bilan aloqalarni tiklashga umid qilmoqda

Janubiy Koreya KXDR bilan aloqa liniyalarining erta tiklanishiga va koreyalararo aloqa idorasi ishiga umid qilmoqda, deydi Janubiy Koreya birlashish vazirligi.

Janubiy va Shimoliy Koreya 27 iyul kuni munosabatlarni tiklaganini e'lon qildi va 2020 yil iyunida uzilgan koreyalararo aloqa liniyalarini qayta ochdi. Ammo avgust oyida Janubiy Koreya va AQSh o'tkazgan qo'shma harbiy mashg'ulotlar fonida KXDR yana qo'ng'iroqlarga javob berishni to'xtatdi.

Birlashish vazirligi matbuot kotibi Li Jong Ju brifingda vazirlik koreyalararo aloqa idorasini imkon qadar tezroq normallashtirishga harakat qilishini aytdi.

“Hukumat Koreya yarim orolidagi vaziyat barqarorlashishi va mavjud muammolarni hal qilish va muhokama qilish uchun koreyalararo aloqa liniyalarining erta tiklanishiga va ikki mamlakat departamentlari o'rtasida muloqot boshlanishiga umid qilmoqda” – deyiladi brifingda.

Birlashish vazirligi ma'lumotlariga ko'ra, Kim Ye Chjung bayonotining ijobiy ohangiga qaramay, KXDR hali ham Janubiy Koreya bilan aloqaga chiqmagan.

Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In BMT Bosh assambleyasining yuqori darajali haftaligida nutq so'zlar ekan, yana bir bor AQSh va Xitoy ishtirokida Koreya yarim orolidagi urush tugaganligini e'lon qilishni taklif qildi. Uning fikricha, bu Koreya yarimoroli yadrosizlanishida qaytarilmas taraqqiyotga erishishga imkon beradi.

Yangilikni do'stlaringizga ham yuboring: