Jalolovning ashaddiy raqibi ilk jangni g'alaba bilan yakunladi — ular finalda to'qnash kelishi mumkin

Qozog'istonlik bokschi Qamshibek Konkabayev Tokio Olimpiadasidagi ishtirokini boshladi. Bahodir Jalolovning ashaddiy raqibi hisoblangan Qamshibek ilk bosqichda Yusri Mustafo Hafizga qarshi jang qildi va raqibiga hech qanday imkoniyat qoldirmagan holda, 5:0 hisobida g'alaba qozondi.

Endi u chorak finalda rossiyalik Ivan Veriasovga qarshi ringga ko'tariladi.

Agar Bahodir Jalolov ham, Qamshibek Konkabayev ham oldindagi ikkita jangda g'alaba qozona olsa, ular finalda o'zaro to'qnash kelishadi.

Ko'plab mutaxassislar ularning finalda uchrashishini taxmin qilmoqda. Ahamiyatli jihati, bu juftlikda favorit yo'q, deyilmoqda. Shu sabab, final o'ta qizg'in o'tishi kutilmoqda.

Yangilikni do'stlaringizga ham yuboring: