Ispaniyaning Ceuta shahriga Marokashdan minglab muhojirlar suzib kelmoqda(video).

Noqonuniy muhojirlar oqimi Madrid va Rabat o'rtasidagi diplomatik ziddiyatlar ostida yuzaga keldi. Ispaniya ichki ishlar vaziri Fernando Grande-Marlaska 24 Oras telekanaliga bergan intervyusida rasmiylar 6 ming noqonuniy muhojirdan 1,5 mingini qaytarishga muvaffaq bo'lganini qayd etdi.

Grande-Marlaska rasmiylar vaziyat to'liq hal etilmaguncha muhojirlarni qaytarishda davom etishini qo'shimcha qildi. Europa Press agentligi Ispaniya hukumati shaharga noqonuniy muhojirlar kelganidan so'ng armiyani safarbar etishga qaror qilgani haqida xabar berdi.

 

Yangilikni do'stlaringizga ham yuboring: