IShIDni Afg'onistonga ko'chirib nimaga erishmoqchi?

Hasan Nasrulloh: AQSh IShIDni Afg'onistonda ichki kurashlarni kuchaytirish uchun Afg'onistonga ko'chirgan.

Livanning «Hizbulloh» partiyasi rahbari Hasan Nasrulloh «Ahli Bayt» agentligiga bergan intervyusida Amerika Afg'onistonni tark etishidan avval, mamlakatda ichki kurashlarni saqlab qolish maqsadida IShIDni Afg'oniston tomon yo'naltirganini ta'kidlagan.

Hasan Nasrulloh Qunduzdagi portlash aybdorlarini qoralab, Afg'oniston har bir fuqarosining joni uchun «Tolibon» javobgar ekanligini ta'kidlagan.

🔺Eslatib o'tamiz, 8-oktabrda Qunduzdagi masjidda Juma namozi vaqtida portlash amalga oshirilgan. Portlash natijasida yuzlab insonlar halok bo'lgandi. Yana bir necha kishi jarohat olgan. IShID guruhi ushbu mudhish voqea javobgarligini o'z bo'yniga olgan.

Yangilikni do'stlaringizga ham yuboring: