IShID «Tolibon»dan o'ch oldi!

Bugun, 8 oktyabr kuni Afg'onistonning Qunduz viloyatidagi masjidida portlash sodir bo'ldi. Bu haqda Aamaj News xabar bermoqda.

Ma'lum bo'lishicha, ushbu portlash natijasida 80 kishi halok bo'lgan va 100 nafar odam jarohatlangan.“Tolibon” bosh kotibi Zabihulla Mujohid ushbu voqeaga IShIDni aloqasi borligini ma'lum qilib, tergov ishlari olib borilayotganini ma'lum qildi.

Qayd etish joiz, bir necha kun avvval IShID “Tolibon” jangchilariga pistirmadan hujum qilishgan va natijada 17 nafar tolib, 3 nafar ishidchilar halok bo'lgan.26 sentyabr kuni Afg'onistonning Gor viloyatining Chagcharan shahrida “Tolibon” va IShID terroristik jangchilari o'rtasida otishma yuz berdi. Ushbu otishma natijasida IShID jangarasi va mahalliy aholidan bir kishi halok bo'ldi, yana bir terrorist “Tolibon” tomonidan qo'lga olindi.

Eslatib o'tamiz, avgust oyining boshida “Tolibon” Afg'oniston hukumat qo'shinlariga qarshi hujumini kuchaytirdi, 15 avgustda Kobulga kirdi va ertasi kuni urush tugaganini e'lon qildi.

Avgust oyining oxirgi ikki haftasida AQSh harbiylari himoyasi ostidagi Kobul aeroportidan G'arb fuqarolari va ular bilan hamkorlik qilgan afg'onlarni ommaviy evakuatsiya qilish yuz berdi.

31 avgustga o'tar kechasi AQSh harbiylari Kobul aeroportini tark etib, AQShning Afg'onistondagi qariyb 20 yillik harbiy xizmatini to'xtatdi. 6 sentyabr kuni “Tolibon” Afg'onistonning 34 viloyatining oxirgisi bo'lgan Panjshir janglar bilan o'z nazoratiga o'tganini e'lon qildi.

Yangilikni do'stlaringizga ham yuboring: