Instagram foydalanuvchilariga yaxshi yangilik!

Instagramning aksariyat funksiyalari faqat mobil ilovalarda ishlaydi, shu jumladan uning asosiy xususiyatlardan biri – postlarni yaratish va tahrirlash imkonidir.

Yaqinda Instagram kompyuter orqali fotosuratlar va videolarni yuborish funksiyasini ishga tushiradi.  Foydalanuvchilar rasmlarni kesishi, filtr qo'llashlari, post uchun tavsif yozishi va tahrirlashlari mumkin bo'ladi.

Funksiya hozirda ichki sinovlardan o'tkazilmoqda. Yangi xususiyat barcha foydalanuvchilar qachon taqdim etilishi ma'lum emas.

Manba

Yangilikni do'stlaringizga ham yuboring: