Hindistonlik muxlis o'ziga turmushga chiqishni istamagan aktrisani pichoqlab qo'ydi

Hindistonning Mumbay shahrida pichoq bilan qurollangan shaxs aktrisa Malvi Malxotraga hujum qilib, unga bir necha tan jarohatlarini yetkazdi, deb xabar beradi Hindustan Times.

Huquq-tartibot organlari ma'lumotlariga ko'ra, jabrlanuvchi hujum uyushtirgan shaxs bilan salkam bir yildan buyon tanish bo'lgan. Shu orada muxlis unga turmushga chiqish taklifini bildirgan, biroq Malxotra rad javobini bergan. Buni hazm qila olmagan yigit aktrisani poylab yurgan, 26 oktyabr kuni kechasi esa gaplashib olishni o'tinib so'ragan, ammo Malxotra rozi bo'lmagan. Yuzaga kelgan mojaro oqibatida yigit pichoq bilan unga uch marotaba tan jarohati yetkazgan. Aktrisa voqea joyidan shifoxonaga olib ketilgan. Politsiya hozirda tergov ishlarini olib bormoqda.

Aktrisa Malvi Malxotra ko'p seriyali Udaan televizion loyihasida ishtirok etgan, shuningdek, bir nechta hind filmlarida, jumladan «Milan mehmonxonasi»da suratga tushgan.

Yangilikni do'stlaringizga ham yuboring: