Imomali Rahmon Afg'oniston xalqaro terrorizm uyasiga aylanishidan ogohlantirdi

Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon Afg'onistonda xalqaro terrorizm qayta tiklanish xavfi haqida ogohlantirdi. Bu haqda Tojikiston rahbari kecha, 23 sentyabr kuni BMT Bosh assambleyasining 76-sessiyasida so'zlagan nutqida ma'lum qildi.

“Bugun tinchliksevar afg'on xalqi terrorga duch kelmoqda. Biz tushunishimiz kerakki, bu afg'on xalqining aybi emas, bu vaziyat tashqaridan uyushtirilgan va afg'on xalqiga yuklangan. Turli xil terrorchi guruhlar Afg'onistondagi beqaror harbiy-siyosiy vaziyatdan faol foydalanib, o'z pozitsiyalarini mustahkamlamoqda”, deydi Imomali Rahmon.

Tojikiston Prezidenti o'z chiqishida jiddiy tashvishda ekanini yashirmagan.

“IShID va “Al-Qoida” kabi boshqa terrorchi guruhlarning minglab a'zolari ozod qilinganiga guvoh bo'ldik. Jiddiy tashvishdamiz va afsusdamizki, bugun Afg'oniston yana xalqaro terrorizmni shakllantirish maydoniga aylanish yo'lida”, deydi u.

Yangilikni do'stlaringizga ham yuboring: