Ilon Maskni obdon “sog'ishdi!”

Milliarderni ko'rib qolgan odam borki, o'z o'zidan irjayaveradi, o'z o'zidan xushomad qilaveradi. Guyoki, shunday qilsa, u pulidan bir hovuch beradiganday… Xullas, Ilon Mask ham odam. Ilon emas. U ham kasallikka chalinishi, istimalashi, yotib qolishi mumkin. Shu narsalarni oldini olish maqsadida, u test markaziga borib, qiypanglab chiqqan, hamshiraga to'rt marta Koronavirusga test topshirdi. Bir emas to'rt marta. Bilasizmi nima bo'ldi? To'rtalasi ikki xil chiqdi. Ikkita test unda kovid borligini tasdiqlasa, ikkitasi “yo'q”, deb turibdi. Bu boylarni ko'rgandan keyin viruslar ham har xil maqomga tushaverarkanda.Bo'lmasa, bitta test markazi, bitta hamshira!.. Ha-a, aytgancha, Ilon Mask har safar test topshirganda undan “soqqa”, olishdi. Agar, he-e, o'sha test markazinga, he-e o'sha hamshiranga, deb qo'lini siltab ketvormaganda, yana o'n marta undan test olishardi!

Yangilikni do'stlaringizga ham yuboring: