Horijlik bir sayyohning “bir piyola choy” haqidagi o'ylari…

“O'zbeklar qanchalik baxil, xasis xalq ekanligini tasavvur ham qilolmaysiz…
Choy damladi, bir piyola to'ldirib quydida, o'ylanib qoldi, qayta choynakka ag'dardi. Ikkinchi marotaba ham yana to'ldirib quydida, ikkilandi shekilli, shosha-pisha choynakka qaytarib quydi. Uchinchi marotaba ham shu ahvol…
Qovoq solib turganimdan achchig'im chiqqanini sezgan ko'rinadi, oradan naq besh daqiqa o'tgach, piyolaning tagiga ozgina choy quygancha menga uzatdi.
Bechora, shunda ham “ko'p quyib yubordim” – deb o'ylayotgan bo'lsa kerak, ikkinchi qo'li bilan yuragini ushlab olgan.
Baxil!”

Haqiqatdan ham tashqaridan qaraganda shunday, lekin, bu ishingiz chin ko'ngildanligini qanday isbotlaysiz?
Buning birgina yo'li tabassum. Samimiy tabassumingiz bo'lmasa siz “baxil”dirsiz…

Shunday ekan tabassum qiling azizlar!

Yangilikni do'stlaringizga ham yuboring: