Hindiston haqida aytilmaydigan haqiqatlar

 

Hindiston haqida nimalarni bilasiz? Ehtimol, esingizga darhol Toj Mahal, Ganga daryosi, quvnoq odamlar, achchiq ovqatlar, jungli, jannatmonand Goa oroli, Zita va Gitalar kelsa kerak. Biroq, samolyot Hind diyoriga qo'ngach, tasavvurlaringiz aslida butkul boshqacha bo'lib chiqadi. Yo'q, deysizmi, unda quyidagi faktlar bilan tanishing.

1️⃣ Atrofingizda, umuman mamlakatning hamma joyida son-sanoqsiz odamlarga ko'zingiz tushadi. Aeroportga yetib borganingizda olomon faqat shu yerda yig'ilgan, deb o'ylasangiz qattiq adashasiz, butun Hindiston o'zi shunaqa;

2️⃣ Hindiston o'lim ko'rsatkichi bo'yicha dunyo mamlakatlari orasida eng yuqori pog'onada turadi. Bunga asosiy sabab — avtohalokatlardir. Yo'l qatnovi juda tig'iz va hech kim yo'l harakati qoidalariga rioya qilmaydi. O'limlar soni ko'pligiga ikkinchi sabab bu tug'ruq paytida yo'l qo'yiladigan kamchiliklardir. Hindistonda ko'ngildagidek tibbiy yordam xizmati yo'lga qo'yilmagan, shuning uchun homilador ayollarning aksariyat qismi tug'ruq paytida vafot etadi. Uchinchi sabab bu— iflos ekologiya sanaladi. Ba'zi hind oilalarida mutant farzandlar tug'iladi va ularning umri qisqa bo'ladi. Shuningdek, Hindistonda ko'plab odamlar saraton kasalligidan ham vafot etadi;

3️⃣ Hindlar o'z havosini shu qadar ifloslaganlarki, Dehli va Mumbay kabi shaharlarda o'tkazilgan bir kun 100 dona sigareta chekkan bilan teng;

4️⃣ Uy-joylarning qariyb 53 foizida kanalizatsiya va oqova suv yo'q. Odamlar hojatxona sifatida chelaklardan foydalanishda va axlatlarini yaqin atrofga uloqtirishadi. Ko'chalardagi badbo'y hiddan boshingiz aylanib ketadi;

5️⃣ Bugungi kunga qadar go'zal Hindistonda qullik saqlanib qolgan. Mamlakatda qullar soni 14 millionga yetadi. Hindiston qonunchiligidagi tegishli moddalarni aylanib o'tuvchi amaldorlar tufayli qullik gullab-yashnamoqda. Qullarning aksariyati savodsiz qizlar va ularning farzandlaridan iborat.

 

Yangilikni do'stlaringizga ham yuboring: