Hamma shahar hokimni duo qilayapdi!..

Ayniqsa nimadir qurib, lekin hali ishlatishni imkonini qilolmaganlar. Yomon maqtashayapdi. Kunlari ko'p bo'lsin. Dunyo turguncha tursinlar, deyishayapdi. Yana ba'zi mahallalarda yo'lning chetlarida bu yil hosil bermagan o'riklar ham bor ekan. O'riklar quruqdan quruq turibdi. Ammo shu daraxtni kimdir ekan. Biroq mana bu yil foydasi yo'q. Shundoq ekan, darrov unga soliq joriy qilish kerak. Agar shunday qilinsa, kelgusi yili bevaqt sovuq bo'lib qolsa, o'riklarning egallari jon jahdlari bilan uni saqlab qolishga harakat qilishadi. Qarabsizki, kelgusi yilda o'rik arzonda!..

Yangilikni do'stlaringizga ham yuboring: