Hamma narsa sizdan chiqadi o'zi. Rossiya

Rossiyaning Gazprom Media Holding kompaniyasi TikTok analogi bo'lmish – Yappy platformasini ishga tushirdi.

Platforma 60 soniyagacha bo'lgan videolarni joylash va kontent yaratuvchilari biri-birlari bilan qo'shma videolar yaratish imkonini beradi. Ushbu ilovani yaratuvchilari 14 yoshdan 34 yoshgacha bo'lgan auditoriyani qamrab olishni rejalashtirmoqda. Shuningdek, ular Yappy’ni TikTok bilan bemalol raqobatlasha oladi deb ta'kidlashmoqda.Yappy ilovasi 2020 yil dekabr oyida Gazprom Media tomonidan sotib olingan “Yamolodes” ilovasi asosida ishlab chiqilgan. Kompaniya 2021 yil sentyabr oyidan 300 ta bloger bilan xizmatni sinovdan o'tkazishni boshlagan. 29 noyabrdan esa iOS va Android foydalanuvchilari Yappy’dan foydalanishlari mumkin. Faqat ilovada filtrlar va effektlar to'plami mavjud emas.

Yangilikni do'stlaringizga ham yuboring: