Hamas harakati Isroil armiyasiga qarshi kurashishga chaqirdi

G'azo sektorida hukmronlik qilayotgan Hamas harakati Iordan daryosining G'arbiy sohilida SAHAL askarlariga qarshi kurashga chaqirdi. Bu haqda RIA Novosti harakat vakili Favzi Barxumga tayanib xabar bermoqda.

Barxumning bu bayonoti Isroil hukumatining G'arbiy Sohilda Isroil xavfsizlik kuchlari Hamasga qarshi operatsiya o'tkazgani haqidagi xabaridan so'ng e'lon qilindi. Falastin matbuoti xabariga ko'ra, amaliyotda besh falastinlik otib o'ldirilgan.

“G'arbiy Sohilda qurolga ega bo'lgan har bir kishi, ularni Isroil askarlariga qaratishi kerak”, – deydi Barxum.

U SAHALning askarlarini barcha aloqa liniyalarida jang qilishga, shuningdek aholi punktlariga kiraverishda qarshilik ko'rsatishga chaqirdi.

Hamas vakilining so'zlariga ko'ra, Isroil jinoyatlar uchun, xususan, Falastin-Isroil qarama-qarshiligi davom etayotganini isbotlagan beshta falastinlikni o'ldirgani uchun javob berishi kerak.

Yangilikni do'stlaringizga ham yuboring: