Hali sen, qo'lingni ko'tardingmi?! Nima demoqchisan?!

Sen iplos, qo'lingni ko'tardingmi? Hali tashqaridan birov kelganida, qo'lingni ko'tarib meni kamchiliklarimni gapirmoqchimisan?! Gapir, nima demoqchisan?! Hali sen tadbirkormisan?! Hali o'zingni tabdirkorman deb yuribsanmi?! Bilmay qo'l ko'tarib qo'yibman, deyapmsanmi?! Hov, hov 15 sutka nimaligini bilasanmi?! Senlarni odam tuqqanmi, to'ng'iz tuqqanmi?! Shakallar… Bu voqealar AQShning Texas shitatida bo'layapdi, yoki Los Anjelisdamikan… Mer AQSh kongressidan bitta odam kelganligi uchun yig'ilish o'tkazayapdi. Sovdo sotiqni kattasi kelgan. Buni qarang, o'sha odam qani savollar bormi desa, uchtasi qo'l ko'tarib turibdi-ya. Mer, bularni nima demoqchiliklarini juda yaxshi biladi. Pismiqda bular. O'zini oldida bittasi ovozini balandlatib gapirolmaydi. Gapirsa, onasini  ko'ziga ko'rsatib qo'yadi… Buning o'rniga ana futbolchilardan o'rnak olishsa bo'lishmaydimi? Hammasi zalga yig'ilvolishib, Merimizga rahmat! Merimizga rahmat! Yashasin merimiz! Merimiz dunyo turguncha tursin, deya bor ovozlarida qichqirishib merni ko'klarga ko'tarishagan. Bu soqqachilar bo'lishsa, kongressdan kelgan odamni oldida merni sharmanda qilib til uchida savol bormi deb so'rasa, qo'llarini ko'tarishayapdi!.. Ha-a, bunday voqealar faqatgina Amerka va yoki Kanadada yo bo'lmasam, Korea, Yaponiya, Germaniya, Daniya, Ispaniya ana borinki, Rossiyada bo'lishi mumkin. Bizda aslo sodir bo'lmaydi. Bizni hokimlar o'ta madaniyatli, ayniqsa andijonligi…

Yangilikni do'stlaringizga ham yuboring: