Global iqlim o'zgarishi: Afrikadan so'ng Braziliyada ham qor yog'di (video)

Braziliyada sovuq harorat to'lqini kuzatilmoqda, kecha, 28 iyul kuni mamlakatning eng janubiy shtati — Riu-Grandi-du-Sulning ayrim qismlariga qor yog'di. Bu haqda mahalliy OAV xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, shtatning kamida 13 shahrida qor, ba'zi hududlarda do'l yog'gan. Ta'kidlanishicha, mahalliy aholi bu yilgi birinchi qorni o'ynash va qor odamlarini yasashga shoshilgan.

Meteorologlarning xabar berishicha, Braziliyada yaqin kunlarda past harorat va qor shaklida yog'ingarchilik kutilmoqda. Eng past harorat janubiy viloyatlarda 30-31 iyul kunlari qayd etilishi mumkin.

Xabarga ko'ra, bugun, 29 iyul kuni qor Braziliyaning boshqa shtati — Santa Katarinada yog'ishi mumkin. Kecha, 28 iyul kuni u yerda havo harorati deyarli -8 darajagacha pasaygan, -10 darajagacha pasayish esa kutilmoqda.

Yangilikni do'stlaringizga ham yuboring: