Germaniyada turk oilasiga irqchilik suiqasdi uyushtirildi

Germaniyaning Solingen shahrida o't qo'yish maqsadida turkiyalik muhojir yashaydigan kvartiraning balkoniga „molotov kokteyli“ tashlandi.

Prokuratura va politsiya hodisa yuzasidan qotillikka urinish moddasi bo'yicha tergov boshladi va aholini voqeani yoritishda ishtirok etishga chaqirdi.

Voqea bugun kechasi soat 2.00 da Shvars ko'chasida sodir bo'lgan. Kvartiraning 48 yoshli ijarachisi yengil jarohat olgan. Yong'inni o'zi o'chirib, ppolitsiyai chaqirdi.

1993 yil 29 mayda Solingen shahrida turk oilasining uyi (Mevlude va Durmush Gench) irqchilar tomonidan yoqib yuborilgandi. Hujum oqibatida 5 kishi halok bo'ldi

Yangilikni do'stlaringizga ham yuboring: