Germaniyada ba'zi qariyalar uylari yaqinida soxta avtobus bekatlari mavjuddir.

Ular Alsgeymer kasalligi bo'lgan odamlar uchun qurilgan. Keksa odamlar ba'zida duxovka pechni o'chirish yoki uzoq vaqtdan beri yashamaydigan xonadonida kechki ovqat tayyorlash uchun to'satdan ketishni xohlab qolishadi.

Bunday hollarda, xodimlar ularni aynan o'sha – soxta bekatlarga tomon yo'naltiradilar. Shunda ular bekatda hech qachon kelmaydigan avtobusni biroz kutishadi, nima uchun kelganlarini unutishadi va ortlariga qaytishadi…

O'ziga hos tinchlantirish uslubi…

Yangilikni do'stlaringizga ham yuboring: