Fransuzlarni nishonga olgan “Real”

“Real Madrid” kelasi yilgi transferlar oynasida “PSJ” hujumchisi Klian Mbappeni qo'lga kiritishni rejalashtirmoqda. Biroq “qirollik klubi” faqatgina hujum chizig'ini emas, balki yarim himoyani ham kuchaytirmoqchi. Bu boradagi nomzodlar orasida Pol Pogba (MYu), Tchaumeni (Monako), Jyul Kunde (Seviliya) kabi futbolchilar bor.

Zidan murabbiylik qilgan davrda jamoa ko'plab fransuzlar bilan faol shartnoma imzoladi. U tufayli klubga Rafael Varan, Ferlan Mendi, Teo Ernandes qoshildi.

Murabbiy klubni tark etgandan keyin ham bu kabi transferlar amalga oshirilishi davom etdi. Yaqindagina jamoaga yana bir fransiyalik iste'dod egasi Eduardo Kamavinga olib kelindi.

Qayd etilishicha fransuz tili “Real”ning kiyinish xonasida ikkinchi tilidir.

Eslatib o'tamiz, “Real” La Ligada  8-turdan so'ng turnir jadvalida birinchi o'rinda turibdi.

Yangilikni do'stlaringizga ham yuboring: