Firibgar so'roq paytida kelajakdagi ma'lumotlardan foydalanganligini tan olgan…

 

Endryu Karlsin. 2003 yilda AQSh Federal Qidiruv Byurosi Endryu Karlsinni birjadagi firibgarlikda ayblab hibsga olgan. U atigi 2 hafta ichida 126 ta juda shubhali savdolarni amalga oshirib, 350 million dollar ishlab olgan edi. Dastlabki sarmoyasi esa atigi 800 dollarni tashkil etgan. Firibgar so'roq paytida kelajakdagi ma'lumotlardan foydalanganligini tan olgan: u vaqt mashinasida 2256 yildan uchib kelganini aytgan, lekin mashinani ko'rsatmagan yoki nima qilib bo'lsa ham o'z so'zlarini tasdiqlagan. Biroz vaqt o'tgach, u 1 million dollar garov puli evaziga ozod qilingan va shundan so'ng sirli sayyoh g'oyib bo'lib qolgan: hech kim hech qachon uni yoki unga o'xshash biror odamni qaytib ko'rmagan.

 

Yangilikni do'stlaringizga ham yuboring: