Faqatgina to'g'ri qarorlar ularni to'g'ri joyga qaytardi

“Derbi Kaunti” bosh murabbiyi, avvalroq “Manchester Yunayted”da to'p surgan Ueyn Runi hujumchi Krishtianu Ronalduning klub ambitsiyalari haqidagi so'zlariga qo'shimcha qildi.

Eslatib o'tamiz, avvalroq portugaliyalik hujumchi Manchesterga 5, 6, yoki 7-o'rinlarga kurashish uchun kelmaganligi haqida gapirgan edi.

“Manchester Yunayted” TOP-3 da emas, birinchi o'rindagi jamoa bo'lishi kerak. Muxlislar va bu klubning talablari shu.

Ha, hozir “Manchester Yunayted” qiyin davrni boshdan kechirmoqda, ammo bu xavotirsiz. Bu klub chempionlikni qo'lga kiritishi va sovrinlarni qo'lga kiritishi kerak. “Manchester Yunayted”ga o'ynash yoki u yerda ishlash uchun kelganingizda bu bosim doimo mavjud.

Ular yuqori darajaga qaytishlari kerak. Ishonchim komilki, ular to'g'ri qarorlar qabul qilishadi, bu esa ularni to'g'ri joyga qaytaradi”, — dedi Runi.

Ma'lumot uchun, ayni paytda “Manchester Yunayted” APL turnir jadvalida 31 ochko jamg'argan holda 7-o'rinda bormoqda.

Yangilikni do'stlaringizga ham yuboring:
Mavzuga aloqador yangiliklar