Ermak uchun uyni yoqib yubordik!..

Miyamizga, imoratni yoqib ijtimoiy tarmoqqa joylab, pul ishlash kelib qoldi. Hamma kattalar shunday qilishayapdi. Shunga biz ham kutilmagan hodisani tashkil qilmoqchi edik…

Maktab qizlari zerikishdan AQShdagi bo'sh uyni yoqib yuborishdi va videoni ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirganlarida qo'lga tushishdi. New York Post xabar bergan.

Hodisa Pensilvaniya shtatining Ferndeyl hududida sodir bo'lgan. Politsiya ma'lumotlariga ko'ra, o't qo'yishda 12 yoshdan 14 yoshgacha bo'lgan to'rt nafar o'spirin ishtirok etgan. Ular Snapchat videosida ko'rinish berishgan, kadrlarda qizlarning qanday qilib olov yoqayotgani aks etgan.

WPXI xabar berishicha, maktab o'quvchilari divanga qutichani qo'yishgan va ichiga yonib turgan qog'oz parchalarini tashlashgan. Bunda ular aerozol qutilaridan, shu jumladan hasharotlar purkagichidan foydalanganlar. O'smirlar olovni ” zerikkanliklari sababli” boshlashganini aytishdi, – deydi Ferndeyl politsiyasi boshlig'i Jon Bleyk. Ta'kidlanishicha, hodisa natijasida politsiyachi va o't o'chiruvchi yengil tan jarohati olgan.

 

Hozir qizlar uylariga qo'yib yuborilgan…

Yangilikni do'stlaringizga ham yuboring: