Yerga rekord darajada ko'p asteroidlar yaqinlashmoqda — BMT

2020 yilda 40 dan ortiq mamlakatdagi astronomik rasadxonalar 39,5 millionga yaqin asteroid va kometalarni kuzatib, shu bo'yicha qaydlarni to'plagan. Bu haqda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Koinotdan tinch maqsadlarda foydalanish bo'yicha qo'mitasi tarkibidagi ilmiy-texnik kichik qo'mita hisobotida aytilgan.

Olimlar 2021 yil 17 aprel holatiga ko'ra, Erga yaqinlashayotgan 25 647 taga yaqin osmon jismlarini ro'yxatga olgan. Ro'yxatga olinganlar orasidan 2180 ta asteroid Yer orbitasidan 8 million kilometr uzoqlikda uchib o'tadi.

“Ushbu raqamlar katta bo'lishiga qaramasdan Quyi qo'mita Yerga yaqinlashayotgan ob'yektlarning atigi 40 foizinigina aniqlashganini ta'kidladi. Hozirda sayyoramizga rekord darajada ko'p asteroidlar xavf solmoqda”, deyiladi hisobotda.

Ma'lumot o'rnida, mart oyida NASA yaqin 100 yil ichida Yerning asteroidlar bilan to'qnashish xavfi qay darajadaligini baholab, osmon jismlari sayyora bilan to'qnashmaydi degan xulosaga kelgan.

Yangilikni do'stlaringizga ham yuboring: