Erdo'g'on Shvetsiya va Finlyandiya rahbarlari bilan NATOga qo'shilish masalasini muhokama qildi

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo'g'on Shvetsiya bosh vaziri Magdalena Andersson va Finlandiya prezidenti Sauli Niinistyo bilan telefon orqali muloqoti chog'ida Anqara terrorchi tashkilot deb hisoblagan Kurdiston ishchilar partiyasi (PKK) vakillarini qo'llab-quvvatlashni qabul qilib bo'lmasligini aytgan.

Qayd etilishicha, Turkiya prezidenti Shvetsiya bosh vaziri Andersson bilan telefon orqali suhbatda Anqara Stokgolmdan Turkiya belgilab bergan muammolarni hal qilish uchun aniq qadamlar kutmoqda. Prezidentning ta'kidlanishicha, Shvetsiya terrorchi tashkilotlarga siyosiy, moliyaviy va harbiy yordam berishni to'xtatishi kerak.

Erdo'g'an, shuningdek, Anqara Shvetsiya va Finlandiya 2019 yilda Turkiyaning Suriyadagi operatsiyasi boshlanganidan keyin joriy qilgan qurol embargosining bekor qilinishini kutayotganini ta'kidlagan.

Yangilikni do'stlaringizga ham yuboring: